“Hizbulloh” harakatiga yangi rahbar saylandi
Naim Qosim
Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil tomonidan oʻldirilgan sobiq etakchisi Hasan Nasrulloh oʻrniga Naim Qosim bosh kotib etib saylanganini maʻʻlum qildi. U harakatni Eron poytaxti Tehrondan turib boshqaradi.
Livanning
“Hizbulloh” harakati sobiq etakchisi Hasan Nasrulloh va uning vorisi Hoshim Seyfuddin
Isroil tomonidan oʻldirilishi ortidan Naim Qosim harakatning yangi bosh kotibi etib
saylandi.
Naim Qosim
Hoshim Seyfuddin vafotidan keyin Livan tashkiloti tomonidan tashkilot bosh kotibi
muovini etib saylangandi. Isroil harakatning ehtimoliy rahbarlarini ham
oʻldirishni boshlaganidan soʻng tashkilot oʻzining boʻlajak rahbarlarini sir saqlashi
haqida eʻʻlon qilgan edi, biroq oradan koʻp oʻtmay yangi bosh kotibining kimligi bildirildi.
Qosim ehtimoliy
suiqasd urinishlari tufayli 20 oktyabrʻ kuni Livandan Eronning poytaxti Tehronga
joylashgani bildirildi. Qosim Livan tashkilotini Erondan boshqaradi