17.02.2025 13:50
223
“Hizbulloh” etakchisi isroilga muhlat berdi
“Hizbulloh” guruhi rahbari Naim Qosim isroil qoʻshinlari 18 fevralgacha Livan hududidan toʻliq chiqib ketishi kerakligini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
U Livan janubidagi har qanday postda isroil harbiy ishtirokini saqlab qolish uchun “hech qanday bahona” yoʻqligini maъlum qildi.
Noyabrь oyida AQSh vositachiligida tuzilgan sulhga koʻra, isroil qoʻshinlariga Livan janubidan chiqib ketish uchun 60 kun berilgan. Keyinchalik bu muddat 18 fevralgacha uzaytirilgan, biroq isroil harbiylari Livan janubidagi beshta postda qoʻshinlarni ushlab turishni soʻragan.
isroil 18 fevralda toʻliq chiqib ketishi shart. Hech qanday bahona yoki boshqa tafsilotlar kerak emas... bu kelishuv shunday, degan Naim Qosim.
U 18 fevraldan keyin Livan tuprogʻida isroilning har qanday harbiy ishtiroki bosqinchi kuch sifatida baholanishini qayd etgan.
Qosimning bayonoti efirga uzatilayotganida sionist harbiy-havo kuchlari “Hizbulloh” harbiy obъektlariga zarba bergani aytilmoqda.