18.04.2025 09:22
44
Hindiston Rossiya oʻrnini egallamoqchi
Soʻnggi besh yil ichida Rossiyaning global qurol etkazib berish hajmi 64% ga qisqargani Hindiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
TsA novostining xabar qilishicha, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakatni nafaqat iPhone ishlab chiqarish markaziga, balki dunyodagi etakchi qurol ishlab chiqaruvchilardan biriga aylantirishni maqsad qilmoqda.
U Hindistonni Rossiyaning anъanaviy xaridorlariga oʻq-dorilar, raketalar, vertolyotlar va harbiy kemalarni eksport qiladigan yirik etkazib beruvchiga aylantirishni rejalashtirgan.
Manbaga koʻra, Hindistonning yangi eksport strategiyasi Afrikadagi, Janubiy Amerikadagi va Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlatlarga qaratilgan.
Ushbu rejani amalga oshirish uchun mamlakat 2026 yil martiga qadar oʻzining chet eldagi elchixonalariga kamida 20 nafar yangi harbiy attashe yuborishni moʻljallagan.
Bugungi kunda hind attashelari allaqachon Jazoir, Marokash, Gvayana, Tanzaniya, Argentina, Efiopiya va Kambodjada faoliyat yurityapti.