07.04.2025 09:26
129

Hindiston quyi palatasi musulmonlarga oid yangi qonun loyihasini maъqulladi

Hindiston parlamentining quyi palatasi musulmonlar vaqf mulklarining boshqaruv tizimini oʻzgartiruvchi “Vaqflar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi”ni qabul qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Yangi qonun, asosan, masjidlar, madrasalar va musulmonlar tomonidan jamiyat farovonligi uchun ajratilgan erlar kabi vaqf mulklarining boshqaruvini qayta tartibga solishni nazarda tutadi. 

Qonun loyihasi hukmron Bharatiya Janata Partiyasi tomonidan ilgari surilib, 288 deputat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, 232 nafari esa qarshi chiqdi. Endilikda loyiha Radjya Sabxa (Yuqori Kengash)ga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Agar tasdiqlansa, prezident Droupadi Murmu imzo chekishi kutilmoqda.

Rasmiy maъlumotlarga koʻra, Hindistonda 872 351 vaqf obektlari mavjud boʻlib, ularning umumiy maydoni 940 000 akrdan oshadi. Vaqflarning umumiy qiymati 1,2 trillion rupiydan ($14,22 mlrd) ortiq baholanmoqda.

Mavzuga aloqador