29.03.2025 23:31
Hindiston hukumati Kashmirdagi masjidda namoz oʻqishni taqiqladi
Hindiston hukumati Kashmirdagi eng katta masjid - Jamiya masjidida Ramazon oyining oxirgi kechalarida namoz oʻqishni taqiqladi. Bu haqda “TRT” nashri xabar bermoqda.
Masjid bosh imomi Umar Faruqning soʻzlariga koʻra, aynan “Laylatul Qadr” kechasida masjidning yopib qoʻyilishidan minglab musulmonlar norozi boʻlgan.
“Yillar davomida musulmonlar bu kechani jomeъ masjidida namoz oʻqib oʻtkazardi. Hukumat cheklovi esa aholining jiddiy eъtiroziga sabab boʻlmoqda”, deydi u oʻz bayonotida.
Xabarda aytilishicha, Hindiston hukumati 2019 yilda Kashmirning avtonom maqomini bekor qilganidan beri, hududda juma namozlarini ham taqiqlayapti.