06.05.2025 17:14
98

Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida fuqarolik mudofaasi mashgʻulotlarini boshladi



Hindiston hukumati Pokiston bilan boʻlayotgan ziddiyatlar fonida butun mamlakat boʻylab yirik fuqarolik mudofaasi mashgʻulotlarini oʻtkazishni boshladi. (https://t.me/yenisafak_ru/28362) Ichki ishlar vazirligi tomonidan 244 ta zaif deb baholangan hududda mashgʻulotlar belgilangan.

Maъlum qilinishicha, mashgʻulotlar doirasida havo hujumi signalizatsiyasini sinash, elektr taъminotini vaqtincha toʻxtatish va evakuatsiya protokollarini tekshirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Baъzi mashgʻulotlar allaqachon Kashmir hududida boshlangan. Maktab oʻquvchilari himoya holatlarini mashq qilayotgani va mahalliy aholining erosti bunkerlarini tayyorlayotgani kuzatilmoqda.

Mavzuga aloqador