12.05.2025 16:20
63
Hindiston kelishuvdan soʻng oʻz aeroportlarini ochdi
Hindiston Pokiston bilan keskinlik tufayli avvalroq yopilgan mamlakat shimoli va gʻarbidagi 32 ta aeroportni ochdi.
News18 telekanalining xabar berishicha, Hindiston rasmiylari Pokiston bilan keskinlik fonida mamlakatdagi 487 ta aeroportdan 32 tasi yopgan edi. Mamlakatlar oʻrtasidagi kelishuvdan soʻng, ushbu aeroportlarning barchasi yana qaytadan oʻz faoliyatini boshlagan.
Hindiston Mudofaa vazirligi vakili Sunil Bartvalning maъlum qilishicha, Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmirdagi tutashuv chizigʻidagi tun tinch oʻtgan, noxush hodisalar haqida maъlumot kelib tushmagan. Shu sabab, mamlakatga yana odatiy rejim qayta boshlagan.