09.08.2025 16:28
83

Hind generali Pokistonning kamida 5 ta samolyoti urib tushirilganini iddao qildi


Hindiston may oyidagi toʻqnashuvlarda kamida beshta Pokiston qiruvchi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Hindiston harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni soʻz ochdi.

U shuningdek, Hindiston Pokistonning "yana bitta yirik harbiy samolyotini ham yoʻq qilganini" qoʻshimcha qilgan.

"Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz ajoyib ishladi. Yaqinda xarid qilgan S-400 tizimimiz oʻyin qoidalarini oʻzgartirdi.

Bu yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan urush edi. 80-90 soatlik urush davomida biz ularga juda katta zarar etkazdik. Shu bois ham, pokistonliklar bizga muzokara qilish haqida xabar yuborishdi", degan hind generali.

Biroq ayni paytgacha hind rasmiysining daъvolarini tasdiqlovchi hech qanday dalillar yuzaga chiqmagan.

Mavzuga aloqador