Hamma erda bayram, Gʻazoda esa…
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektori kasalxonalariga 26 nafar shahid boʻlgan fuqaroning jasadi, jumladan, vayronalar ostidan olib chiqilgan bir jasad, hamda 70 nafar jarohatlangan shaxs etkazildi.
Koʻplab qurbonlar hali ham vayronalar ostida va koʻchalarda qolmoqda. Ammo shiddatli oʻqqa tutilish tufayli tez yordam mashinalari va qutqaruvchilar ularga etib bora olmayapti, deyiladi vaziirlik bayonotida.
Maъlumot oʻrnida, 2025 yil 18 martdan beri isroil bosqini natijasida shahid boʻlganlar soni 921 nafarga, yaradorlar soni esa 2054 nafarga etdi.
2023 yil 7 oktyabrda boshlangan sionitlar hujumlari oqibatida hozirgacha 50 277 kishi shahid boʻlib, 114 095 kishi jarohat olgani Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan rasman tasdiqlandi.