20.05.2025 10:50
152
HAMASning hanuz Gʻazoda qolishi biz uchun magʻlubiyat – isroil sobiq mudofaa vaziri
Bosqinchi isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant Netanyaxu bilan siyosiy kelishmovchiliklar sabab hukumatni tark etgach, sionistlarning Gʻazodagi harakatlarini keskin tanqid qildi.
Unga koʻra, urush 591 kundan beri davom etayotganiga qaramay, HAMAS hanuzgacha Gʻazoni nazorat qilmoqda. Ayni paytda mamlakatni amaldagi hukumatdan qutqarish hayotiy zaruratga aylangan. Galant hukumatni aniq strategiyaga ega boʻlmaslikda ayblagan.
Galantning bu bayonoti isroil Gʻazoga nisbatan bosimni kuchaytirayotgan, xalqaro hamjamiyat esa ocharchilik xavfi sababli falastinliklarga yordam etkazishni talab qilayotgan bir paytda eъlon qilindi. Soʻnggi kunlarda sionistlarning Gʻazoga qarshi kuchaytirilgan harbiy harakatlari davomida 500 dan ortiq kishi halok boʻlgan.
isroilning “Gideon aravalari” nomli operatsiyasi doirasida sion-fashistlar har kuni yuzlab falastinliklarni oʻldirmoqda.