30.01.2025 14:18
HAMAS uchinchi guruh isroillik askarlarni ozod qildi
HAMAS harakati Gʻazo sektorida uchinchi guruh isroillik harbiy asirlarni ozod qildi. Tel-Aviv bilan almashish kelishuvi doirasida ozod etilganlar orasida ikki ayol va bir nafar erkak bor.
Ozod qilinganlar:
Arbel Ehud (29 yosh)
Agam Berger (19 yosh)
Gadi Mozes (80 yosh)
Shuningdek, shaxsiy maʻʻlumotlari oshkor etilmagan besh nafar Tailand fuqarosi ham ozod etilgan.
Asirlar anklavning uch xil nuqtasidan olib chiqilgan. Jumladan, ulardan baʻʻzilari Jabaliya hududidan va oʻldirilgan HAMAS etakchisi Yahyo Sinvarning Xon Yunis yaqinidagi uyidan topilgan.
Ozodlikka chiqarilganlarga Falastin esdalik sovgʻalari topshirilgan. Nashr etilgan videolarda Agam Berger Falastin bayrogʻi tushirilgan bilaguzuk taqqani va uni Gʻazo aholisi quchoq ochib kutib olgani koʻrinib turibdi.
Bu almashuv doirasida Isroil oʻz navbatida 110 nafar falastinlik siyosiy mahbusni qamoqdan ozod qilishga majbur boʻldi.
OAV maʻʻlumotlariga koʻra, Agam Berger Isroil razvedkasida xizmat qilgan va 7 oktyabrʻ kuni Nahal Oz harbiy postida HAMAS tomonidan asirga olingan.