HAMAS rossiyalik asirni ozod qilishga vaʻʻda berdi
HAMAS harakati Moskvaga Gʻazodagi garovga olingan Rossiya fuqaroligiga ega Aleksandr Trufanovni ozod qilishga qatʻʻiy vaʻʻda berdi. RFning Isroildagi elchisi Trufanov Gʻazoda asirlikda boʻlgan yagona rossiyalik ekanligini taʻʻkidladi.
HAMAS
harakati Moskvaga Gʻazodagi garovga olingan Rossiya fuqaroligi Aleksandr
Trufanovni ozod qilishga qatʻʻiy vaʻʻda berdi, deb yozadi “RIA Novosti” Rossiyaning
Isroildagi elchisi Anatoliy Viktorovga tayanib.
Diplomat
Trufanov Gʻazoda asirlikda boʻlgan yagona rossiyalik ekanligini taʻʻkidladi. Shu
tariqa Viktorov yana bir garovga olingan Maks Xarkinning Rossiya fuqaroligiga ega
ekanligi haqidagi avvalroq matbuotda eʻʻlon qilingan xbarlarni rad etdi.
Nashrlarning
qayd etishicha, Xarkinning qarindoshlari u qoʻlga olingandan soʻng fuqarolik olishi
uchun maxsus Moskvaga kelgan.
«Rossiya-24» telekanali efirida Viktorov Trufanov jarohat olgan boʻlishi mumkinligini
qoʻshimcha qildi. Biroq uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Elchining
taxminicha, erkak bir oy ichida ozod etilishi mumkin.
HAMAS
avvalroq Trufanov va Gʻazoda qolgan boshqa garovga olinganlar isroillik askarlar
ekani va oxir-oqibat tuzilgan almashish kelishuvi doirasida ozod etilishi
mumkinligi haqida xabar bergan edi.