19.12.2024 06:35
HAMAS: Mahmud Abbosning Gʻarbiy Sohildagi amaliyoti Isroil manfaatlariga xizmat qiladi
HAMAS Mahmud Abbos rejimining Jenindagi falastinlik jangchilarga qarshi amaliyotini qoralab, buni “katta jinoyat” deb atadi.
HAMAS oʻz bayonotida "qarshilik jangchilarini himoya qilish va Isroilning Gʻarbiy Sohildagi qarshilikni tugatish orzulariga xizmat qiladigan bunday xavfsizlik operatsiyalariga qarshi turish uchun xalq safarbarligiga" chaqirdi.
Mintaqada toʻqnashuvlar davom etmoqda, Jeninda umumiy ish tashlash eʻʻlon qilingan. Doʻkonlar va maktablar yopilgan, korxonalar oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Falastin, Amerika va Isroil rasmiylaridan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Mahmud Abbos rejimi amaliyotini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Rasmiylarga koʻra, Abbos rejimi Suriyadagi inqilobdan ilhomlangan islomiy guruhlar Falastin maʻʻmuriyatini agʻdarishga urinishlari mumkinligidan xavotirda operatsiya boshlagan.
Jenin lageri uzoq vaqtdan beri Falastin qarshilik guruhlari nazoratida.
Lager hozirda qamal va toʻqnashuvlar ostida. Qarshilik jangchilari va falastinlik tinch aholi orasida qurbonlar borligi xabar qilingan.
Falastin va AQSh rasmiylariga koʻra, Mahmud Abbos operatsiyani ikki asosiy sababga koʻra buyurgan: 20 yanvarda prezidentlikka kirishadigan Donalʻd Tramp maʻʻmuriyatiga Falastin maʻʻmuriyati ishonchli hamkor ekanligini koʻrsatish va Suriyada sodir boʻlgan voqealarning Gʻarbiy Sohilda takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik.
Falastin rasmiylari, shuningdek, Jenindagi hujumlarni Misr va Iordaniya qoʻllab-quvvatlaganini aytdi.