11.02.2025 07:15

HAMAS Isroil shartlarni buzgani sababli asirlarni ozod qilishni kechiktirdi


Izzaddin al-Qassam brigadalarining matbuot kotibi Abu Obeydaning maъlum qilishicha, Isroil kelishilgan shartlarga rioya qilmagani sababli asirlarni ozod qilish jarayoni kechiktirildi.

Abu Obeyda taъkidlashicha, kelishuvning buzilishi quyidagi omillarni oʻz ichiga oladi:

Isroil tomonidan Gʻazo shimoliga qochqinlarni qaytarish kechiktirilishi;

Turli hududlarda qochqinlarga nisbatan oʻqqa tutilishi;

Barcha turdagi insonparvarlik yordamlarini olib kirishga ruxsat berilmasligi.

HAMAS va Isroil oʻrtasida asirlarni almashish jarayoni davom etayotgan boʻlib, avvalroq HAMAS 7 oktyabrda oʻgʻirlab ketilgan asirlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarga almashishga rozi boʻlgan edi. Biroq, kelishuv shartlarining buzilishi sababli jarayon ortga surildi.

HAMAS oʻz majburiyatlariga sodiq qolishini va Isroil oʻz shartnomaviy majburiyatlarini bajargan taqdirda asirlar ozod etilishini taъkidladi.

Tahlilchilarga koʻra, muzokaralar hali davom etayotgani sababli asirlarni ozod qilish jarayonining aniq sanasi hozircha maъlum emas.

Mavzuga aloqador