HAMAS etakchisi Xalil al-Hayya: Dushman qarshilik alangasi oʻchadi deb oʻylasa, adashadi
HAMAS siyosiy byurosi aʻʻzosi Xalil al-Hayya harakat rahbari Yahyo Sinvarning dushman bilan jangda qahramonlarcha halok boʻlganini eʻʻlon qilar ekan, Isroil qarshilik alangasi oʻchadi deb oʻylasa, adashishini maʻʻlum qildi. “Jihod Falastin ozod qilinmaguncha, oxirgi sionist undan haydalmaguncha va barcha qonuniy huquqlarimiz tiklanmaguncha toʻxtamaydi”, dedi u.
HAMAS
siyosiy byurosi aʻʻzosi oʻzining videomurojaatida harakat rahbari Yahyo Sinvarning
dushman bilan jangda qahramonlarcha halok boʻlganini eʻʻlon qildi.
▪️Gʻazoga
qarshi tajovuz toʻxtatilmaguncha, toʻliq olib chiqilmaguncha va falastinlik mahbuslar
hibsxonalardan ozod etilmaguncha ishgʻol asirlari qaytmaydi.
▪️Qomondon Qassam, buyuk rahnamo Yahyo As-Sinvar, HAMAS harakatining rahbari,
rejasiz koʻtarilgan, qon toʻkkan, bizning faxrimiz. Harakatimiz etakchilari
xalqimiz shahidlari karvoniga boshchilik qilmoqda.
▪️Biz qarshilik guruhlari bilan birga bu buyuk va hal qiluvchi
jangga kirishdik, ozodlik bahosi qimmat ekanini tushunib etdik.
▪️Jihod Falastin ozod qilinmaguncha, oxirgi sionist undan
haydalmaguncha va barcha qonuniy huquqlarimiz tiklanmaguncha toʻxtamaydi.
▪️Dushman qarshilik alangasi oʻchadi deb oʻylasa, adashadi. Sinvar
qoʻmondon va undan oldingi rahbarlarning shahid boʻlishi harakatimiz kuchini yanada
oshiradi.
Eslatib
oʻtamiz, Yahyo Sinvar 16 oktyabrʻ, chorshanba kuni Gʻazo sektori shimolidagi Rafah shahrining
Tel-Sultan mahallasida Isroil bosqinchi kuchlari bilan janglar natijasida shahid
etildi. Uning jasadidan olingan namunalar bir vaqtlar Isroil qamoqxonasida
yotgan vaqtida olingan namunalar bilan solishtirilganidan soʻng jasad haqiqatdan
ham Yahyo Sinvarga tegishli ekani tasdiqlangandi.