29.03.2025 18:41
Gvineyada Rajab Toyyib Erdoʻgʻon nomidagi yangi masjid ochildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon videokonferentsiya orqali Gvineya poytaxti Konakri shahrida oʻzining nomi bilan atalgan yangi masjidning ochilishida qatnashdi.
“Anadolu” axborot agentligining xabariga koʻra, mazkur masjidning tamal toshi Erdugʻon tomonidan 2023 yilda qoʻyilgan boʻlib, u 3 200 kvadrat metr maydonga ega. Bu erda bir vaqtning oʻzida 2 100 kishi namoz oʻqishi mumkin.
Erdoʻgʻon oʻz nutqida masjidning shunchaki tosh va ohakdan qurilgan bino emas, balki aql, imon va vijdon mahsuli ekanini taъkidladi. “Bugun biz nafaqat masjid ochmoqdamiz, balki qalbdan qalbga ulanadigan birodarlik koʻprigini ham barpo etmoqdamiz”, degan u.