18.04.2025 12:18
35
Gruziya maktablarida xitoy tili ikkinchi chet tili sifatida oʻrgatiladi
Gruziya Taъlim vazirligining xabar berishicha, mamlakat maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida xitoy tili oʻqitiladi.
Muassasalarda bu boʻyicha dars 5-sinfdan boshlanadi. Bugungi kunga qadar oʻquvchilar frantsuz, nemis, italyan, turk va boshqa tillar orasidan tanlov qilish imkoniyatiga ega edilar.
Birinchi chet tili sifatida esa ingliz tili majburiy tartibda 1-sinfdan 12-sinfgacha oʻqitiladi.
Vazirlik maъlumotiga koʻra, ayni paytda mamlakatdagi 15 ta maktabda xitoy tili qoʻshimcha xizmat sifatida oʻrgatilmoqda.
Tilga boʻlgan talab ortib borayotgani sababli, endilikda Tbilisi Davlat Universitetining Xitoyshunoslik kafedrasi bilan hamkorlikda xitoy tilini oʻqitish uchun yagona standart ishlab chiqish ishlari boshlanadi, deyiladi xabarda.