Xitoy kompaniyalari Oʻzbekistonda kichik AESlar qurishi mumkin

Xitoyning CNOS kompaniyasi Oʻzbekistonda kichik modulli reaktorlarini qurishi mumkin. Shuningdek, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish hamda keyinchalik AESlarda yoqilgʻidan foydalanish boʻyicha hamkorlik rejalashtirilmoqda.

4 noyabrʻ kuni Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjaev Shanxaydagi EKSPO koʻrgazmasi doirasida China National Nuclear Corporation Overseas (CNOS, China National Nuclear Coorporation — CNNC’ning shuʻʻba korxonasi) bosh direktori Vei Fuki bilan uchrashdi, deya xabar berdi Gazeta.uz.

Tashrif yakunlari boʻyicha CNNC kompaniyasi bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish, XXRning AES qurish tajribasini oʻzlashtirish imkoniyatlarini batafsil koʻrib chiqish, Oʻzbekistonda Xitoyning kichik modulli reaktorlarini (KMR) qoʻllashni oʻrganish va keyingi potentsial loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish sohasidagi hamkorlik va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish va keyinchalik AESlarda yoqilgʻidan foydalanish masalarini muhokama qildi.

Xitoy tomoni yadro texnologiyalarining barcha yoʻnalishlarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Oktyabrʻ oyi oʻrtalarida Atom energiyasi agentligi rahbari Azim Axmedxadjaev koʻplab global kompaniyalar oʻzlarining kichik modulli reaktor texnologiyalarini faol ravishda rivojlantirayotganini aytgandi. Misol tariqasida u 100 MVt quvvatga ega kichik modulli reaktor qurilishini yakunlayotgan Xitoyning CNNC kompaniyasini koʻrsatgan.

«Ular faqat kelgusi yilda ishga tushiriladi. Shundan soʻng biz ushbu kichik modulli reaktorlarning rivojlanishini kuzatishimiz mumkin. Xuddi shunday saʻʻy-harakatlar hozir Koreyada ham, Yaponiyada ham, AQShda ham amalga oshirilmoqda. Ammo ular oʻz texnologiyalarini faqat 2030 yildan keyin taklif qilishlari mumkin», — degandi u.

«Oʻzatom» agentligi qoshidagi AES qurilishi direktsiyasi direktori Otabek Amanov Oʻzbekistonda kichik AES qurilishida ishtirok etish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb etish rejalashtirilayotganini maʻʻlum qilgandi.

«Atom stantsiyasi ikkita yirik komponentdan iborat — bu yadro oroli va yordamchi obʻʻekt. Yadroviy orolni, tabiiyki, bosh pudratchimiz „Atomstroyeksport“ („Rosatom“) bilan realizatsiya qilamiz. Yordamchi obʻʻekt xalqaro kompaniyalar ishtiroki bilan xalqaro loyiha boʻlishi uchun qandaydir tarzda birlashtirmoqchimiz. Hozir variantlar ustida ishlamoqdamiz», — degandi Otabek Amanov.

Avgust oyida «Oʻzatom» delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurgan va u erda loyihada ishtirok etish istagini bildirgan, yaʻʻni turbina uskunalari, generatorlar va quruq gradirnyalar (AES uskunalarini bugʻlantirmasdan sovitish qurilmasi) etkazib berishni rejalashtirgan Xitoy kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan.

Mavzuga aloqador