21.12.2024 07:40
Germaniyada Magdeburg Rojdestvo bozorida terakt sodir etildi

Germaniyaning Magdeburg shahrida Rojdestvo bozorida sodir boʻlgan terakt katta qurbonlar va jarohatlanganlar soniga olib keldi. Magdeburg qutqaruv xizmatiga koʻra, voqea natijasida 60 dan 80 nafargacha odam jabrlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda qorongʻu mashina katta tezlikda olomon ustiga yurishini koʻrish mumkin. Bir qator nemis ommaviy axborot vositalari, jumladan MDR, hujum lahzasini aks ettiruvchi videolarni eʻʻlon qildi. Biroq mazkur videolarning haqiqiyligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Teraktda kamida 11 kishi halok boʻlgani haqida maʻʻlumot berilgan. Voqea shohidi boʻlgan bir ayolning aytishicha, hujumchi “bolali oilalar koʻp toʻplangan bozorning eng gavjum nuqtasiga” borgan. Ayol bolasi bilan yonidan sakrab, omon qolgan.
Hujumdan keyin Rojdestvo bozori yopilgan va shaharda tramvay qatnovi toʻxtatilgan. Tez tibbiy yordam xodimlari hodisa joyida jarohatlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatgan.
Germaniya kantsleri Olaf Shols X platformasidagi postida qurbonlar va ularning oila aʻʻzolariga hamdardlik bildirib, qutqaruv xizmatlariga minnatdorchilik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Magdeburgdagi vaziyat jiddiy va tashvishlidir.
Magdeburg politsiyasining maʻʻlum qilishicha, jinoyatchi mustaqil harakat qilganmi yoki yoʻqmi, hozircha aniq emas. Hujumchi Rojdestvo bozorida 400 metrga yaqin masofani bosib oʻtgan. Tergov ishlari davom etmoqda.