09.04.2025 14:28
98

Gʻazoni qoʻllagan besh talaba vizasi bekor qilindi

Garvard:

AQSh hukumati Gʻazoni qoʻllab-quvvatlagani uchun yana besh nafar talabaning vizalarini bekor qilgan.
Garvard universiteti maъmuriyati bitiruvchi talabalarning vizani bekor qilish sabablari haqida hech qanday maъlumotga ega emasligini bildirgan.
Shu bilan birga Garvard xalqaro idorasi muntazam tekshiruv vaqtida vizaning bekor qilinganligini aniqlagani va jabrlanganlarni huquqiy yordam uchun yuborganini maъlum qilgan.
TRT ning yozishicha, mart oyidan buyon AQSh hukumati chet ellik talabalarni “jiddiy salbiy tashqi siyosat oqibatlari”ni bahona qilib, ommaviy hibsga olishni boshlagan.
Huquq himoyachilari qonun oʻzboshimchalik bilan qoʻllanilmoqda, talabalar asossiz ayblanmoqda, deb hisoblashmoqda. 
Garvard universiteti oʻz bayonotida ayni paytda AQShning boshqa universitetlarida ham shunga oʻxshash hodisalar sodir boʻlganini bildirgan.

AQSh talabalari fuqaroligidan qatъi nazar, 2023 yil oktyabrь oyidan beri 51 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin boʻlgan Isroil urushiga qarshi namoyishlarda qatnashishda davom etmoqda.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi  Marko Rubio  “Bu mutaassiblarni topsam, vizasini olib qoʻyaman”, deya ogohlantirgandi.
Bu voqealar ortidan, Marko Rubio  300 ga yaqin talabaning vizasi bekor qilinganini aytgan.

Mavzuga aloqador