Gʻazodagi urush “Uch kun ichida Kiev”dan ham ahmoqona muvaffaqiyatsizlikka aylanib bormoqda – nuqtai nazar
Uchinchi oydirki, eng ilgʻor qurollarga, razvedka aktivlariga va Gʻarbning cheksiz koʻmagiga ega boʻlgan Isroil 350 km² maydonga hujum qilmoqda.
Bu, albatta, strategik magʻlubiyat, chunki... Isroilning mavjudligi Gʻarbning
qoʻllab-quvvatlash ustunlariga, yadro quroliga va mintaqadagi "eng
kuchli" armiya afsonasiga tayanadi. Va bu afsona koʻz oʻngimizda parchalanib
bormoqda. Shu sababli, yana bir ustun allaqachon silkina boshlagan - Gʻarbning yordami. Yadroviy qurol bilan esa urishish uchun hech qanday joy yoʻq.
Butun bu «operatsiya» insoniyatga qarshi dahshatli jinoyatlar, ochiqchasiga genotsid bilan
birga olib borilmoqda. Va bir tomondan tabiiy va
toʻgʻri xulosa shuki, vahshiyona nafrat va barcha tirik mavjudodlarni qirib tashlash
istagiga boʻsh maydonni egallash bahona boʻlmoqda. Biroq buning yana bir boshqa sababi
ham bor - ularda shunday istak boʻlgan taqdirda ham, ular shunchaki boshqacha urusha
olmasdi, aniqrogʻi bunga qodir emaslar. Axir bosqinchilarga kuchli asoslarga ega,
hududni juda yaxshi biladigan jangchilar qarshi kurashmoqda, yana bir muammo shundaki,
istilochilar ulardan qariyb hamma narsa hazar qiladigan begona hududda turishibdi.
Shuningdek, harbiylar faqatgina oʻt ochish radiusidagi oʻz dislokatsiyalari (joylashgan
joylari) perimetrinigina nazorat qilishmoqda.
Shuni
tushunish kerakki, Xamas nafaqat TsAXAL terrorchilik tashkilotini, balki Amerikaning
eng ilgʻor proksi armiyasini ham yoʻq qilmoqda. Albatta, ular Amerikaning standart
proksisidan* farq qiladi (aytmoqchi, ular ham anʻʻanaviy ravishda kamroq
qurollangan, kam sonli, biroq mafkuraga ega raqiblarga, masalan, Vʻetnamda,
Koreya, Afgʻoniston va hokazoga yutqazishadi), biroq gap. Umuman olganda, oxirgi
marta amerikalik harbiylar Fallujada Iroq partizanlari bilan haqiqiy frontda
jang qilgan. Va ular tabiiy ravishda magʻlub boʻlishdi. Ikki marta. Shundan
soʻng ular shunchaki bu
shaharni qoʻrgʻoshin va oq fosfor bilan toʻldirishdi. Bu urush jinoyati ekanligini
taʻʻkidlashning maʻʻnosi yoʻq, chunki ularda boshqa urush aktlari boʻlmagan. Va shundan keyin amerikaliklar
dushmanning qurolli guruhlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuzma-yuz turishga urinishlarini
takrorlamadilar, balki faqat mahalliy xoinlarning qoʻllari orqali harakat
qilishdi. Har kimning samaradorligi oʻz holicha boʻlib chiqdi, lekin masalan, Iroqda
(mayli «nafratga sazovor» Eronning yordami bilan boʻlsa ham) natija oz-moz qayd
etildi. Afgʻonistonda ham magʻlubiyatni butunlay tan olish va joʻnab qolishga majbur
boʻlindi.
Vaholanki
bu birgina amerikaliklarning muammosi emas edi.
Xuddi shu narsa Rossiyaning birinchi Chechen urushidagi
magʻlubiyatiga ham sabab
boʻlgandi. Xuddi shu
muammo, bosib olingan
hududlarni "nazorat qilish" oʻta shartli xususiyatga ega edi. Aynan shu sababli ikkinchi Chechen
urushi Qodirovning hokimiyat tepasiga kelishi va mahalliy aholini yollash yoʻli bilan Qodirov
armiyasini shakllantirish orqali uni kuchaytirishi bilan yakunlandi, shu jumladan koʻp
milliardlar sarflandi.
Chechenistonda joylashgan oʻn minglab rossiyalik harbiylar esa tom maʻʻnoda oʻz bazalariga qamalib olgan. Aftidan, joriy yilgan kelibgina ayrim zobitlarga oilalari bilan ushbu
harbiy shaharchalardan tashqarida uy-joy ijaraga olishga ruxsat berildi.
Natijada har qanday bosqinchining armiyasi faqat bosqinchi
sifatidagi mavqeidan foydalanadi va qoʻrquv ostida vaziyatni bir muddat ushlab turadi.
Va agar “Tolibon” singari ularning kuchiga
ishonishni toʻxtatsangiz, organizm
yot jismlarni oʻzidan siqib chiqargani kabi bosqinchilar ham haydab chiqariladi.
Va Gʻazo sektoridagi joriy urush qanday tugashidan qatʻʻi nazar,
falastinliklar bu najot sari ulkan qadam tashladilar.
- dXtag
(https://x.com/hox4i/status/1736270183918899405?s=46&t=Io01wDX8rTGPdfXVEKRiFg)
Proksi urushi – ikki davlat yoki mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro mojaro boʻlib, uchinchi
davlat yoki mamlakatlar
hududidagi ichki nizolarni hal qilish niqobi ostida ularning resurslaridan foydalangan
holda harbiy harakatlar orqali oʻz maqsadlariga erishishga harakat qilinadi.