12.12.2023 17:04

Gʻazoda oʻzaro otishmalarda 20 nafar Isroil askari halok boʻlgani maʻʻlum qilindi

Isroilning Gʻazo sektorida quruqlikdagi operatsiyasi boshlanganidan beri “doʻstona otishma”lar natijasida 20 nafar isroillik askarlar halok boʻldi. Bu haqda Anadolu agentligi Isroil armiyasi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Armiya bayonotida halok boʻlgan 20 nafar askardan 13 nafari Falastin qarshilik kuchlari deb oʻz quroldoshlari tomonidan adashib otib tashlangani aytiladi.

Armiya bayonotida, shuningdek, halok boʻlgan 20 nafar askardan 13 nafari xato tufayli falastinlik jangarilar deb adashib, oʻzaro otishmada halok boʻlgani aytilgan.

Ikki nafar askar esa oʻz harbiy texnikalari - tank va BTR bosib ketishi oqibatida, yana ikki nafari Isroil qoʻshinlari portlovchi uskunalar parchalari tegishidan, bir askar tasodifiy oʻq otilishidan oʻlgan.

Bayonotda qayd etilishicha, armiya Gʻazoda davom etayotgan janglarni doimiy ravishda baholab boradi, shu jumladan oʻzaro otishmalar takrorlanmasligi uchun bunday holatlar oʻrganib chiqiladi.

Qayd etish joizki, Isroil quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan soʻng rasman 105 nafar harbiy xizmatchi halok boʻlganini maʻʻlum qilgan. Bundan "doʻstona otishmalar" tufayli yoʻqotishlar umumiy oʻlim sonining beshdan bir qismini tashkil etadi, degan xulosaga kelish mumkin.

Avvalroq 7 oktyabrdan buyon Falastin eksklavida halok boʻlgan Isroil askarlarining umumiy soni 430 nafarga etgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga aloqador