Gʻazoda “gʻoliblik” suratiga tushmoqchi boʻlgan Isroil askarlari halok boʻldi
Oʻnlab isroillik askarlar Gʻazoda “Sarayya al-Quds” (“Islom jihodi” harbiy qanoti) «Shimoliy» batalʻonining sobiq rahbari Baha Abu Al-Atayyaning uyida “gʻoliblik” suratiga tushish chogʻida halok boʻldi, deya xabar bermoqda Falastin OAVlari.
Qayd
etilishicha, Gʻazodagi jangchilar dushman tashrifini oldindan tahmin qilib, uyni minalashtirib
qoʻyishgan. Isroil askarlarining katta guruhi bino ichiga kirishi bilanoq kuchli
portlash sodir boʻlgan. Isroilliklar vayronalar ostida qolgan.
Xuddi shu
kuni «Al-Qassam» brigadasi (Hamasning harbiy qanoti) jangchilari Shujayyada
Isroilning ettita texnikasi, bir tanki va zirhli transportyori, dushman harbiylari
bilan birga yoʻq qilingani, shuningdek, harbiy oʻljalar qoʻlga kiritilganini maʻʻlum
qildi.
Bundan
tashqari, Jebaliyadagi qochqinlar lagerida, Falastin tomoniga koʻra, kamida 11
nafar, Xon-Yunisdagi pistirmada kamida 10 nafar, boshqa otishmalarda yana 23 nafar Isroil
askari halok boʻlgani aytildi.
Ayni
paytda, Isroil armiyasi kecha faqat oʻn nafar askarining halok boʻlganini tan oldi.
Bundan tashqari, Isroil OAVlari Linson, Tel Xashomer, Volfson va Soroka aholi
punktlaridagi toʻrtta yirik kasalxona Gʻazodagi “juda ogʻir fojia” paytida yaralanganlarni
qabul qilish uchun tayyorlanganini yozmoqda.