24.04.2025 16:11
248

Gʻazo bolalari uchun yangi havf

Isroil armiyasi Gʻazoda bolalarni poliomielitga qarshi ommaviy emlashni toʻxtatdi, deb xabar bermoqda Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi. 


600 mingdan ortiq bolaga moʻljallangan emlash kampaniyasi mart oyidan beri davom etayotgan Isroilning umumiy blokadasi tufayli oʻtkazilmayapti.


Sogʻliqni saqlash vazirligi Gʻazo sektorida sogʻliqni saqlash tizimi tanazzul yoqasida ekanligidan ogohlantirmoqda. 


Emlashlar yoʻqligi sababli, Gʻazo poliomielit tarqalishi va buning natijasida bolalar oʻlimining halokatli oʻsishi xavfi yuqoriligi taъkidlangan.

Mavzuga aloqador