Garvard universiteti uchun ajratilgan grant mablagʻlar muzlatilti
AQSh Taъlim vazirligining antisemitizmga qarshi kurash boʻyicha maxsus qoʻshma boʻlimi Garvard universiteti uchun ajratilgan 2,2 milliard dollarlik grant mablagʻlari muzlatilgani haqida rasman xabar berdi.
Aytilishicha, ushbu qaror oliy taъlim muassasalaridagi yahudiy talabalarni himoya qilish borasidagi talablar ortgani sababidan qabul qilingan.
Avvalroq Oq uy AQShdagi universitetlarga davlat moliyaviy yordamining kamaytirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Buning asosiy sababi — kampuslarda kuchayib borayotgan isroilga qarshi norozilik namoyishlari fonida yahudiy talabalarning xavfsizligini taъminlash masalasidir, deyiladi RIA novosti keltirgan xabarda.
Shuningdek, bir qator nufuzli ommaviy axborot vositalari Oq uy Garvard universitetini “turli-tumanlik, tenglik va inklyuzivlik” (DEI) dasturidan voz kechishga chaqirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.