22.04.2025 13:16
52

Garvard Trampni sudga berdi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar "Haj va Umra yagona portali" hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqadi. Bu prezidentning diniy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir farmonida koʻzda tutilgan.


Portal Haj tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi.


Unda Haj va Umra faoliyati toʻgʻrisidagi maъlumotlarni yigʻish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlar raqamlashtiriladi. 


Vazirlik va idoralar qoʻmita soʻroviga koʻra oʻzining axborot tizimlari portalga integratsiya qilinishini taъminlaydi.


Qoʻmita portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga masъul davlat organi hisoblanadi.

Mavzuga aloqador