22.01.2025 12:45

Frantsiya Bashar Asadni hibsga olishga order berdi



Suriyaning sobiq rahbari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda

Frantsiya Suriyaning hokimiyatdan agʻdarilgan prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga order berdi, deb yozmoqla “Anadolu”.  

Suriyaning sobiq rahbari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda.

“Frantsiya adliya tizimi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi. Sednaya qamoqxonasida men guvoh boʻlgan rejim jinoyatlari jazosiz qolmasligi kerak. Frantsiya suriyaliklar uchun adolatga erishish uchun saʻʻy-harakatlarini safarbar qilmoqda”, - dedi Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot.  

Barro va uning nemis hamkasbi Annalena Baerbok 2025 yil 3 yanvarda Suriyaga tashrifi chogʻida Sednaya qamoqxonasiga tashrif buyurishgandi.  

Prokuror ushbu orderni 2017 yilda Suriyada asli suriyalik boʻlgan Frantsiya fuqarosining oʻldirilishi boʻyicha tergov doirasida soʻragan.

Mavzuga aloqador