24.01.2024 11:53

Falastin tarafdorlari Jo Baydenning saylovoldi bir necha bor nutqini toʻxtatib qoʻydi

AQShning Virjiniya shtatida Falastin tarafdori boʻlgan bir guruh faollar prezident Jo Baydenning saylovoldi tashviqoti nutqini bir necha bor toʻxtatib, ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida sodir etilayotgan “genotsidni moliyalashtirishni toʻxtatish”ni talab qilishdi.

Anadolu agentligining yozishicha, efir boshlanganidan bir necha soniya oʻtgach, Amerika etakchisining nutqi birinchi namoyishchi tomonidan toʻxtatilgan, unga boshqa yigʻilganlarning hayqiriqlari qoʻshilgan. Umuman olganda, Oq uy rahbarining nutqi 9-10 marta toʻxtatilgan. Namoyishchilar Isroil Gʻazo sektorida 29 ming odamni oʻldirganini va oʻz xavfsizligini taʻʻminlash bunga bahona boʻla olmasligini taʻʻkidlagan. Faollar qoʻriqchilar ularni zaldan chiqarib yuborishganiga qaramay, shiorlarni baland ovozda takrorlashda davom etishgan.

Boshqa bir guruh namoyishchilar esa Jo Bayden oʻz saylovoldi nutqi ustida ishlayotgan Ijro sanʻʻati markazi oldida toʻplanishdi. Ular qoʻllarida: "Faqat kasal jamiyatlar genotsid qiladi", "Soliqlaringiz Gʻazo sektoridagi bolalarni oʻldirmoqda", "Hoziroq oʻt ochishni toʻxtating”, "Jo-genotsidchi, qoʻllaring qonda" shiorlarini koʻtarib olishdi.

Namoyishchilar, shuningdek, Bayden nutq soʻzlagan bino oldiga qizil suyuqlik sepilgan qoʻgʻirchoqlar va oʻyinchoq liboslari hamda qon rangli suyuqlik solingan plastik idishlarni tashlab ketishgan.

Aksariyati ayollardan iborat faollar uzoq vaqt shiorlar aytib, Oq uy rahbarini tinglashga kelganlarni Falastin bayroqlari bilan kutib olishdi.

Namoyishchilar, shuningdek, Isroilni moliyalashtirishni toʻxtatish zarurligiga eʻʻtibor qaratish maqsadida katta banner ochib, aks holda "Demokratik partiyaga ovoz bermasliklarini" aytishgan.

Mavzuga aloqador