07.12.2023 14:42

Falastin cherkovining Rojdestvo bayramlari

Bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi nasroniylar Gʻazo xalqi uchun hamdardlik ramzi oʻlaroq Rojdestvo bayramlarini oʻtkazmaslikka qaror qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.

“Gʻazoda xalqimizga qarshi genotsid sodir etilayotgan ekan, biz Iso Masihning tugʻilgan kunini nishonlay olmaymiz. Biz bayramni his qilmayapmiz”, - dedi Evangelist cherkov pastori Munzir Icxak.

Cherkov xristianlar uchun ushbu muqaddas kunda ibodatlar va cherkov marosimlari bilan cheklanishga qaror qildi. Evropa va Amerika shaharlari Isroilni astoydil qoʻllab-quvvatlab, koʻchalarni Rojdestvo gulchambarlari bilan bezab turgan bir paytda, Baytlahmdagi cherkovlardan biri odatdagidek Bibi Maryam va Iso tasvirlangan haykalchalar oʻrniga beton boʻlaklardan Rojdestvo bezaklarini yasadi.

Gʻazodagi vayronalar ostida qolgan bolalarni eslatuvchi oʻyinchoq joylashtirdi. Isxakning soʻzlariga koʻra, bu bezak Falastin xalqiga va butun dunyoga murojaatdir.

“Bizning oʻzimizga aytadigan xabarimiz shuki, Xudo biz bilan, U bizni qiyinchilikda qoldirmaydi. Iso bu dunyoga ogʻriq va azob chekayotganlarga yordam berish uchun kelgan. Tangri mazlumlar bilandir. Ikkinchidan, biz butun dunyodagi nasroniy cherkovlariga Rojdestvo Falastinda shunday koʻrinayotganini aytmoqchimiz. Biz qirib tashlanmoqdamiz; genotsid falastinliklarni ayamayapti. Afsuski, Masih farzandi haqida oʻylaganimizda, biz Gʻazoda shafqatsizlarcha oʻldirilgan goʻdaklarni eslaymiz”, — dedi Isxak.

Mavzuga aloqador