Erondagi koʻmir konida portlash sodir boʻldi: qurbonlar soni 52 kishiga etdi
Eronning Janubiy Xuroson viloyatida koʻmir konida metan gazi sizib chiqishi oqibatida portlash sodir boʻldi. Hodisada halok boʻlganlar soni 52 nafarga etdi, 20 kishi jarohatlandi. Viloyatda 3 kunlik motam eʻʻlon qilindi.
Eronning
Janubiy Xuroson viloyatidagi Tabas koʻmir konida yuz bergan portlash qurbonlari
soni ortib bormoqda. Shaxtaning B va S bloklarida metan gazi sizib chiqishi
natijasida sodir boʻlgan portlashda hayotdan koʻz yumganlar soni 52 nafarga etdi, eng
kamida 20 kishi jarohatlandi.
Hodisa vaqtida voqea joyida 69 kishi ishlagan, dedi Janubiy
Xuroson gubernatori Javad Genaatzoda. Vayronalar ostida qancha odam qolgan boʻlishi mumkinligi haqida xabar
berilmagan.
Tabas
koni 30 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi va Eron poytaxti
Tehrondan taxminan 540 km uzoqlikda joylashgan. Eron davlat axborot agentligi IRNA
Tabasni mamlakatdagi "eng boy va eng katta koʻmir tumani" deb ataydi.