Eronda “Charshamba Suri” anʻʻanaviy olov festivaliga tayyorgarlik boshlangan 20 fevraldan 12 martgacha 14 kishi halok boʻlgan, 3253 kishi jarohatlangan. Qayd etilishicha, yaradorlarning 189 nafari oyoq-qoʻllaridan ayrilgan, 981 nafari turli darajadagi kuyish jarohatlarini olgan. Baxtsiz hodisalarga asosan pirotexnika vositalarining sifatsizligi va ulardan foydalanish qoidalariga amal qilinmagani sabab boʻlgan.

Eronda “Charshamba Suri” anʻʻanaviy olov festivaliga (hijriy taqvim boʻyicha yangi yil boshlanishidan oldingi oxirgi seshanba) tayyorgarlik jarayonida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar natijasida 14 kishi halok boʻldi, 3253 kishi jarohatlandi.

Bayramlar Tehronda kechki soatlarda pirotexnika va qoʻlbola portlovchi qurilmalardan foydalanish bilan boshlandi.

Eron poytaxti osmonini tom maʻʻnoda tuman qoplagan edi. Deyarli barcha koʻchalarda feerverk va petardadan foydalanilgan.

Poytaxt aholisi istirohat bogʻlariga yigʻilib, gulxanlar ustidan sakrab oʻtishdi (anʻʻanaviy olov festivali).

Shaharning barcha burchaklaridan gumburlashlar eshitildi. Bayramlar yarim tungacha davom etdi.

Eronning Mehr axborot agentligi xabariga koʻra, bayramga tayyorgarlik boshlangan 20 fevraldan 12 martgacha Charshamba Suri bayrami munosabati bilan 14 kishi halok boʻlgan, 3253 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, yaradorlarning 189 nafari oyoq-qoʻllaridan ayrilgan, 981 nafari turli darajadagi kuyishlar olgan.

Tehron oʻt oʻchirish xizmati vakili Jalol Melekiyning aytishicha, 12 mart soat 07.00 dan 22.30 gacha Xizmatga 6416 ta qoʻngʻiroq kelib tushgan, oʻt oʻchiruvchilar 230 ta joyda ishlagan.

Eronda Yangi yil (Navroʻz) oldidan oxirgi seshanba kuni anʻʻanaviy ravishda hamma joyda gulxanlar yoqiladi, ular ustidan asosan bolalar va yoshlar sakrashadi. Salyutlar otilib, qoʻlbola portlovchi qurilmalar qoʻllaniladi. Ushbu bayramlarga tayyorgarlik paytida sodir boʻladigan baxtsiz hodisalar har yili oʻnlab eronliklarning hayotiga zomin boʻladi, yuzlab odamlar jarohatlanadi.

Eronda Navroʻz hijriy taqvim boʻyicha 21 martda nishonlanadi.

Mavzuga aloqador