18.11.2024 13:00
Eron rasmiylari Ali Xomanaiyning ogʻir bemor ekani haqidagi xabarlarni rad etdi
Eron rasmiylari oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning ogʻir bemor ekani haqidagi xabarlarni rad etib, uning 17 noyabrʻ kuni peyjerlar portlashida yaralangan Livandagi elchi bilan uchrashuvi aks etgan videoni eʻʻlon qildi.
Eron ommaviy axborot vositalari va xususan, IRNA axborot agentligi 17 noyabrʻ kuni Islom Inqilobi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy peyjer portlashi natijasida jarohat olgan Eronning Bayrutdagi elchisi Mojtaba Amani bilan uchrashganini maʻʻlum qildi.
Chap koʻzi jarohatlangan diplomat davlat rahbariga sogʻligʻi haqida soʻzlab bergan. Maʻʻlum qilinishicha, u tez orada Livanga qaytib, oʻz vazifasini davom ettiradi.
Avvalroq koʻplab ommaviy axborot vositalari Eron etakchisining komada ekani, ahvoli ogʻirligini maʻʻlum qilgandi. Ushbu xabarlar fonida uning ehtimoliy vorisi masalasi ham muhokama qilinayotgani aytilgandi.
Jumladan, Iran Internatsional telekanali Eronning amaldagi rahbari Ali Xomanaiyning oʻgʻli Mujtabo Xomanaiy mahfiy ravishda uning oʻrniga oʻrinbosar etib saylanganini bildirdi.