31.07.2024 11:30
1046

Eron parlamenti HAMAS etakchisining oʻlimi sababli favqulodda yigʻilish oʻtkazadi

Eron parlamentining Milliy xavfsizlik qoʻmitasi HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning Tehronda oʻldirilgani munosabati bilan navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyan Haniyaning oʻldirilishiga izoh berdi.

 

Eron parlamentining Milliy xavfsizlik qoʻmitasi HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning Tehronda oʻldirilgani munosabati bilan navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi. Bu haqda Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi qoʻmita rahbari Ibrohim Rizoiyga asoslanib xabar berdi.

“Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qoʻmitasi bugun shahid Haniyaga uyushtirilgan terakt munosabati bilan navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi”, — dedi Rizoiy.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyan Haniyaning oʻldirilishiga izoh berdi.

“Kecha Haniyaga gʻoliblik ishorasi bilan qoʻl silkitgandim, endi esa uni elkamda koʻtarib koʻmishim kerak. Eron oʻz suverenitetini himoya qiladi va bosqinchi terrorchilarni qoʻrqoqlarcha qilgan harakatlari uchun pushaymon ediradi”, - dedi u.

Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eron poytaxti Tehrondagi hujumda halok boʻldi.

HAMAS harakati matbuot xizmati Isroil armiyasi harakat etakchisi istiqomat qilayotgan mehmonxonaga havodan zarba berganini qayd etdi.

Haniya Tehronga Eron prezidenti Masud Pezeshkiyanning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun borgan edi.