Eron boyitilgan uran zaxirasini qisqartirdi
Eron soʻnggi yillarda birinchi marta yadroviy qurol darajasidagi 60 foizgacha boyitilgan uran zaxirasini 128,3 kg dan 121,5 kg gacha qisqartirdi.
Eron
soʻnggi uch oy ichida yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasini qisqartirdi. MAGATE
inspektorlarining maʻʻlum qilishicha, Erondagi radioaktiv yoqilgʻi darajasi noyabrdan
fevralgacha 5 foizga pasaygan. Avvalgi chorakda esa zaxiralar 5 foizga oshgan edi.
Agentlikning
aniqlik kiritishicha, Eron “60 foizgacha boyitilgan 31,8 kg uranga kamroq
kontsentratsiyali material aralashtirgan”. Bu 2021 yildan buyon mamlakatda yuqori
darajada boyitilgan uran zaxiralarining birinchi qisqarishi hisoblanadi. 60 foiz
tozalik darajasida boyitilgan uran zaxiralari noyabrʻ oyidagi 128,3 kg dan 121,5
kg gacha tushdi, degan xulosaga keldi MAGATE inspektorlari.
Biroq, oʻz
navbatida, Bloomberg agentligi bu Tehron qurol ishlab chiqarishni davom ettirishga
qaror qilsa, bir necha hafta ichida qurol darajasidagi uran va potentsial yadroviy
qurollarni ishlab chiqarish uchun etarli texnik bilim va materiallarga ega
ekanligini anglatishini bildirdi. Ayni paytda, boyitilgan uran zaxiralarining
kamayishi tendentsiyasi Tehronning Yaqin Sharqda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keng
koʻlamli mojaro boʻyicha xavotirlarni kamaytirish istagidan dalolat berishi mumkin,
deya taʻʻkidlaydi agentligi.
Eron esa yadro
quroliga erishmoqchi emasligini taʻʻkidlab kelmoqda. 2015 yilda mamlakat
AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Rossiya va Xitoy bilan Harakatlarning kompleks rejasi toʻgʻrisida
bitim tuzgan. Bu
sanktsiyalarni yumshatish evaziga Eronning yadroviy faoliyatini chekladi.
Bitim
AQSh prezidenti Donalʻd
Tramp 2019 yilda oʻz mamlakatini kelishuvdan olib chiqib, Tehronga qarshi
sanktsiyalarni qayta joriy qilganidan keyin oʻz kuchini yoʻqotdi. Jo Bayden
maʻʻmuriyatining kelishuvni jonlantirishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
4 mart kuni diplomatlar va MAGATE inspektorlari Eron yadro dasturini
muhokama qilish uchun Venada yigʻiladi.