23.04.2025 14:18
29

Dogʻistonda musulmonlarga qarshi maxfiy kurash olib borilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Dogʻiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan Xoʻjalik ishlari universiteti (DGUH) rektoriga yuborilgan rasmiy xat keng muhokamalarga sabab boʻldi. Xatda talabalar va ularning diniy faolligi haqidagi maъlumotlar taqdim etilishi soʻralgan.


Shuningdek, hukumat vakillari “ekstremistik gʻoyalar” bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan talabalar roʻyxatini soʻragan.


Bundan tashqari, politsiya quyidagi belgilarga ega boʻlgan oʻqituvchilarning maъlumotlarini ham talab qilgan:


➖Qora hijobli;

➖Soqol qoʻyib, moʻylovini qirqib yuradigan;

➖Har juma kuni maъlum bir masjidga qatnaydiganlar (masjidning nomi va manzili koʻrsatilishi shart).


Aytilishicha, talab etilgan maъlumotlar toʻliq shaklda, bosma koʻrinishda taqdim etilishi shart.


Rasmiylar ekstremizmga qarshi kurashni bahona qilib,  musulmonlarga qarshi tizimli va bosqichma-bosqich nazorat kampaniyasini amalga oshirmoqda, deyiladi bu haqdagi izohlarda.

Mavzuga aloqador