Ramzan Qodirov jamoat joylarida namoz oʻqish taqiqini ayirmachilik deb atadi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Stavropolning Andropov tumanida jamoat joylarida namoz oʻqishni taqiqlovchi va ushbu qoidani buzganlarga jarima solinishini nazarda tutuvchi tashabbusni keskin tanqid qildi.
Maъlum qilinishicha, u bu hujjatni “ochiq diskriminatsiya va huquqiy betartiblik” deb atab, Rossiyadagi 30 million musulmonning qolganlar bilan teng huquqli ekanini taъkidlagan.
Qodirovning qayd etishicha, Stavropol oʻlkasi Shimoliy Kavkaz federal okrugiga kiradi. Uning atrofida musulmon respublikalari joylashgan va bu erda uzoq yillik millatlararo aloqalar mavjud.
Shuningdek, u “Bunday sharoitda mahalliy hokimiyatning bu kabi bayonotlari nafaqat johilona, balki xavfli va mantiqsiz”, degan.
Checheniston rahbari amaldorlarni sunъiy ravishda millatlararo adovat uchun bahona yaratmaslikka, aksincha musulmonlar ibodatlarini ado etishi uchun masjidlar qurishga chaqirgan.