29.05.2024 07:25

Daniya Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qonun loyihasini rad etdi



Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni rasman tan olganidan keyin Daniya parlamenti qarama-qarshi qaror qabul qildi. Buni Falastinni davlat sifatida tan olish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini zarur shartlar yoʻqligi bilan izohlagan.

Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni rasman tan olgach, Daniya parlamenti qarama-qarshi qaror qabul qildi.

Parlament, fevralʻ oyida Falastinni davlat sifatida tan olish uchun taqdim etilgan qonun loyihasini zarur shartlar bajarilmagani sababli rad etganini eʻʻlon qildi.

“Daniyalik siyosatchilarning koʻpchiligi Yaqin Sharqda ikki davlat echimisiz mustahkam tinchlik boʻlmasligiga qoʻshiladi. Shaxsan men Falastinni tan olish uning fuqarolarining huquqi ekanligiga ishonaman”, dedi Daniya parlamenti aʻʻzosi Sasha Faxe.

Avvalroq hukumat Falastinni tan olmasligini aytgan tashqi ishlar vaziri Lars Løkke Rasmussen ovoz berishda qatnashmadi.

Mavzuga aloqador