AQSh Isroilga Amerika qurol-yarogʻi va harbiy texnikasini sotib olishi uchun 3,5 milliard dollar ajratadi va bu mablagʻni oldindan kelishilgan qoʻshimcha harbiy yordam paketidan taqdim etadi. Bu haqda CNN oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

2024 yil aprelʻ oyida AQSh Kongressi Isroilga 20 mlrd dollardan ortiq qoʻshimcha harbiy yordam ajratishga ovoz bergandi.

Qoʻshma Shtatlar ushbu qaror doirasida Isroilga Amerika qurollari va harbiy texnikasini sotib olish uchun 3,5 mlrd dollar ajratmoqchi.

Davlat departamenti payshanba kuni kechqurun qonunchilarni AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati Isroilga “milliardlab dollar” harbiy mablagʻ bilan taʻʻminlash niyatida ekanligini maʻʻlum qildi. Chunki Isroil Eron va Livandagi “Hizbulloh” harakatining ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik koʻrmoqda, dedi telekanal manbasi.

Qoʻshimcha qilinishicha, Isroil bu pulga AQShning xorijiy harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida Qoʻshma Shtatlardan ilgʻor qurol tizimlari va boshqa jihozlarni sotib olishi mumkin.

Isroil Amerikada ishlab chiqarilgan 3,5 milliard dollarlik qurollarni darhol olmaydi, lekin hozirda qurilayotgan va bir necha yil ichida etkazib berilmaydigan tizimlarni xarib qiladi.

Mavzuga aloqador