07.05.2025 17:25
51
Chechenistonda Qurъondan dars berish huquqiga ega boʻlganlar soni qariyb mingga etdi
Chechenistonda Qurъonni oʻqitish huquqiga ega boʻlganlarning soni 977 nafarga etdi. Bu haqda Rossiyaning Checheniston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi maъlum qildi.
Qayd etilishicha, ular nafaqat nazariya va amaliyot, balki aqida kabi fanlarni ham oʻz ichiga olgan maxsus oʻqituvchilik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Yangi Qurъon oʻqituvchilarini Checheniston muftiysi Saloh Majiev shaxsan tabriklagan. Muftiyat bu yutuqni Checheniston Respublikasida diniy taъlim sohasida olib borilayotgan “jiddiy ish”ning natijasi sifatida baholadi.