17.07.2025 17:05
48

Britaniyada hamshira tarvuz shaklidagi nishon taqqani uchun sudlandi


Londonda hamshira oq xalatiga tarvuz shaklidagi nishon taqqani uchun muammoga yoʻliqdi. Tarvuz tasviri arab olamida falastinliklarga hamdardlik ramziga aylangan. Chunki undagi oq, qizil va qora ranglari Falastin bayrogʻini eslatadi.

Hamshirani tibbiyot muassasasida "targʻibot ramzlarini nooʻrin taqqani" uchun ayblashdi. "isroil uchun advokatlar" huquqiy tashkiloti ham hamshiraning ustidan sudga arz qilib, bunday nishon taqishni antisemistik harakat deb atadi.

Voqea sudgacha etib borgan. Sionist huquqshunoslaridan farqli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda koʻpchilik buni fikr bildirish erkinligiga tajovuz deb baholadi. Izohlarda qayd etilishicha, har kim bosqinchi isroil genotsidiga uchrayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirishi erkinligiga ega boʻlishi kerak.

Mavzuga aloqador