11.04.2025 12:27
131

Britaniya va Norvegiya Ukrainaga yuz minglab dron etkazib berishni moliyalashtiradi

Buyuk Britaniya va Norveya Ukrainaga harbiy dronlar etkazib berishni moliyalashtirish uchun 450 million funt sterling (580 million dollar) ajratadi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi. 

Mablagʻlar nishonga zarba beruvchi FPV dronlari, radar tizimlari va tankka qarshi minalarni etkazib berishga yoʻnaltiriladi.

Britaniya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Ukraina frontida rus texnikalariga etkazilayotgan zararlarning 60–70 foizi aynan dronlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Paket, shuningdek, harbiy texnikani taъmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni ham qamrab oladi.

“Ukrainani eng kuchli holatga keltirish va Putinga nisbatan bosimni oshirish uchun yordamni ayamaymiz”, dedi Britaniya Mudofaa vaziri Jon Hili Ukraina Mudofaa Aloqa guruhi yigʻilishida. U, shuningdek, Rossiya bilan sulh imzolansa, Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlari berish rejasini maъlum qildi.

Mavzuga aloqador