20.02.2024 08:54

Braziliya Isroildagi elchisini chaqirib oldi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar “urush emas, genotsid” ekanini aytganidan soʻng Isroil tomonidan “persona non grata” deb eʻʻlon qilindi. Braziliya Tel-Avivdagi elchisini “maslahatlashuvlar” uchun poytaxtga chaqirdi.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar “urush emas, genotsid” ekanini aytganidan soʻng Isroil tomonidan “persona non grata” deb eʻʻlon qilindi.

Correio Braziliense sayti xabariga koʻra, Isroil bayonotlaridan soʻng Lula da Silva oʻz vazirlari va maslahatchilarini Isroil bilan inqirozni muhokama qilish uchun respublika prezidentining rasmiy qarorgohiga «shoshilinch» uchrashuvga chaqirgan.

Isroilning Lula da Silvaga qarshi soʻzlariga javoban Braziliya Tel-Avivdagi elchisi Frederiko Meerni maslahatlashuvlar uchun mamlakatga chaqirib oldi.

Prezident maslahatchisi Selso Amorim oʻz bayonotida Isroilning Lula da Silvaga nisbatan soʻzlarini «bemaʻʻnilik» deb atadi.

Braziliya rasmiylari bu borada hali rasmiy bayonot bermagan boʻlsa-da, mahalliy OAV Isroilning Braziliyadagi elchisi Daniel Zonsheyn Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani haqida xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Braziliya prezidenti Lula da Silva Isroilning Gʻazo sektorini bosib olishini natsistlar etakchisi Adolʻf Gitlerning harakatlariga qiyoslab, «genotsid» deb atagan edi. Prezident Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar "urush emas, balki genotsid" ekanini aytdi.

Oʻz navbatida, Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu Lula da Silvaning bayonotlariga javob qaytardi va “Braziliya qizil chiziqni kesib oʻtdi” deb javob berdi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israelʻ Kats esa Lula da Silvaning Gʻazoning Isroil tomonidan bosib olinishini fashistlar etakchisi Adolʻf Gitlerning harakatlari bilan solishtirganiga javoban “persona non grata” deb eʻʻlon qilinganini bildirdi.

Mavzuga aloqador