01.05.2025 17:53
181
Bosqinchi *isroil oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashda Ozarbayjondan yordam soʻradi
isroilda 30 aprel kuni boshlangan oʻrmon yongʻinlari tufayli tahdidning eng yuqori darajasi eъlon qilindi. Mamlakatda poezdlar qatnovi qisman toʻxtatildi, yongʻinni oʻchirishga yuzdan ochiq brigadalar, shuningdek, samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.
sionistik tuzum tashqi ishlar vaziri Saarning maъlum qilishicha, bosqinchilar yongʻinga qarshi kurashda Ozarbayjon, Britaniya va boshqa davlatlardan yordam soʻragan.
isroil armiyasi matbuot xizmati yongʻinlarni oʻchirish ishlari davom etayotganini maъlum qildi. Oʻnlab jihozlar, shuningdek, isroil havo kuchlari samolyotlari jalb qilingan.
Shu bilan birga isroil yongʻinlarni oʻchirish uchun Frantsiya yordamini rad etdi.
Chorshanba kuni Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maъmuriyati ham oʻt oʻchirish brigadalarini yuborishni taklif qilgan, biroq isroildan javob olmagan.