28.05.2025 12:28
75

Bosqinchi isroil kuchlari yordam olishga kelgan falastinliklarni oʻldirmoqda



isroil va AQSh tomonidan tashkil etilgan yordam tarqatish markazi Gʻazoda katta tartibsizliklarga sabab boʻldi. Och va holdan toygan falastinliklar oziq-ovqat yordamini olish uchun navbatda turgan paytida oʻq ovozlari eshitildi. Bosqinchi isroil armiyasining yordamlarni tarqatish joyiga qarata oʻq uzishi oqibatida uch kishi halok boʻlib, 46 kishi jarohatlangan.

isroil harbiylari odatdagidek bunday qilgʻiliqlarini tan olishmayapti. Gʻazo hukumati esa bu voqealarni sionistlarning ataylab sodir etayotgan harbiy jinoyati sifatida baholamoqda.

BMT va insonparvarlik tashkilotlari ham bu yordamning siyosiy va harbiy maqsadlar bilan bogʻlanib qolganini, falastinliklarning asosiy ehtiyojlarini qondira olmasligini aytmoqda.

Ayni paytda yordam tashkiloti rahbari isteъfoga chiqib, sionistlarning ushbu rejasini insoniy tamoyillarga zid deb baholagan.

Mavzuga aloqador