05.06.2025 16:38
174
Bosqinchi isroil falastinlik mahbuslarni oʻldirmoqda – HAMAS
Falastinning HAMAS qarshilik harakati bosqinchi isroil kuchlari hibsdagi falastinliklarni ham asta-sekin oʻldirib yuborayotganini maъlum qildi.
Harakatga koʻra, mahbuslar ishgʻol rejimining mislsiz qiynoqlariga solinmoqda hamda sionistlar tomonidan qatl etilyapti.
"Biz mahkumlarimiz duchor boʻlayotgan sadizm haqida ogohlantiramiz", deyiladi harakat bayonotida.
"Shunga qaramay, ularning irodasi sinmagan. Azob qancha davom etmasin, vatandoshlarimizning ozodlikka boʻlgan ishonchi saqlanib qoladi".
HAMAS harakati ushbu bayonoti orqali barcha xalqaro gumanitar tashkilotlarni zudlik bilan zulm ostidagi mahbuslarni qutqarishga chaqirdi. Musulmon davlatlari rahbarlaridan esa Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlashini soʻragan.