22.05.2025 10:05
147

Bosqinchi isroil* Eronga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishi mumkin



Isroil harbiy va razvedka tuzilmalari agar Tehron va Vashington muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan boʻlsa, Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish uchun shoshilinch tayyorgarlikni boshladi. 

Axios'ning yozishicha, yahudiy davlati mudofaa kuchlari allaqachon Eron yadroviy infratuzilmasiga zarba berishga qaratilgan qator mashgʻulotlarni oʻtkazgan.

Nashrga koʻra, isroil bosh vaziri Netanyaxu AQSh prezidentining forslar bilan oldinga siljimayotgan muzokaralardan hafsalasi pir boʻlishini, shundan soʻng u  isroil operatsiyasiga rozilik berishidan umid qilmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, sionistlarning ehtimoliy zarbasi bir hujum bilan cheklanib qolmaydi, balki bir necha kun davom etishi rmumkin.

Maъlumot uchun, AQSh va Eron oʻrtasidagi muzokaralar juma kuni Rimda davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga aloqador