28.04.2025 11:30
163

Bosqinchi isroil armiyasi asosan ayollar va bolalarni oʻldirmoqda

Gʻazo hukumatining maъlum qilishicha, isroil* hujumlari oqibatida halok boʻlganlarning 65 foizini ayollar, bolalar va keksalar tashkil qilmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qildi. 


Aytilishicha, isroil* armiyasi Gʻazo aholisini ataylab va tizimli ravishda nishonga olib, ularni qasddan oʻldirmoqda. Mavjud maъlumotlarga koʻra, harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 18 mingdan ortiq bola va 12,4 mingdan ziyod ayol halok boʻlgan.


Bundan tashqari, hujumlar oqibatida 2 180 ta oila butunlay yoʻq qilingan, 5 070 ta oilada esa faqat bitta tirik aъzo qolgan.


Agentlik shuningdek, halok boʻlganlar orasida 1 400 dan ortiq tibbiyot xodimi, 113 nafar fuqaro mudofaasi xodimi, 212 nafar jurnalist, 750 dan ortiq gumanitar tashkilotlar xodimi, 13 ming nafar talaba, 800 nafar oʻqituvchi va taъlim sohasi xodimi hamda 150 nafar universitet oʻqituvchisi va olimlar mavjudligini maъlum qildi. 


Gʻazo hukumati xalqaro hamjamiyat va sud organlarini sionistlarning tinch aholi vakillariga qarshi sodir etgan jinoyatlarini zudlik bilan toʻxtatish va isroil rahbariyatini javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Mavzuga aloqador