20.02.2024 11:01

Bombalar ostidagi Gʻazo: 137‑kunning asosiy voqealari

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 137 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 137 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.

▪️ Kun davomida bosqinchilar tomonidan 9 marotaba ommaviy qotillik sodir etildi, buning natijasida 107 kishi halok boʻldi, 145 kishi tan jarohati oldi.

▪️ Isroilning Gʻazoga hujumlari boshlanganidan buyon 29 092 kishi genotsid qurboni boʻldi, 69 028 turli darajada tan jarohatlari oldi.

▪️ BMT: Biz xabarlardan hayratdamiz. Falastinlik ayollar va mahbus qizlar jinsiy tajovuzlar, zoʻrlash va zoʻravonlikning koʻplab shakllariga duchor boʻlayotgani haqidagi tasdiqni oldik.

▪️ Izzaddin al-Qassam brigadalari 15 askardan iborat otryadga hujum qilishdi.

▪️ Bosqinchilar kuchli ocharchilik hukm surayotgan Gʻazo shahri gʻarbida gumanitar yordam kutayotgan odamlarga qarata oʻq uzdi, koʻplab insonlar hayotdan koʻz yumdi.

▪️ Yaman qurolli kuchlarining kemaga qarshi raketalarining kemaga muvaffaqiyatli hujumidan soʻng choʻkayotgan Britaniyaning Rubymar kemasi videosi eʻʻlon qilindi. Jibuti porti maʻʻmuriyati kema ekipajini qutqarishga muvaffaq boʻlganini maʻʻlum qildi.

▪️ Gʻazo markazida bosqinchilar harbiy reydlarni kuchaytirish va mahalliy aholi harakatini nazorat qilish maqsadida shimolni Falastin hududining janubidan ajratish uchun yoʻlak qurmoqda.

▪️ Belʻgiya TIV: Evropa Ittifoqining 26 davlati Isroildan Rafaxda operatsiya oʻtkazmaslikni talab qilmoqda.

▪️ Bosqinchilar Livan janubidagi Sidon shahriga hujum qildi, 14 nafar tinch aholi yaralandi.

Mavzuga aloqador