19.02.2024 11:29

Bombalar ostidagi Gʻazo: 136‑kunning asosiy voqealari

 

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 136 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 136 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.

▪️ 24 soat davomida bosqinchilar Gʻazo sektoridagi 29 ta uyni bombaladi, natijada 127 kishi halok boʻldi, 205 kishi jarohatlandi. Ularning 90 foizi bolalar va ayollardir.

▪️ 7 oktyabrda boshlangan Isroil hujumlari natijasida halok boʻlganlarning soni 28 985 nafarga, jarohatlanganlar esa 68 883 nafarga etdi.

▪️ Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Bosqinchilar hali ham koʻp sonli tibbiyot xodimlari, bemorlar va koʻchirilganlarni Nassaep kasalxonasining tugʻruq boʻlimida ushlab, ogʻir va gʻayriinsoniy sharoitlarda soʻroq qilishmoqda.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastinning Jenin, Ramallah, Nablus va Xevron shaharlariga katta vayronagarchilik bilan bostirib kirdi. Quddusda bosqinchilar ommaviy hibsga olish kampaniyasini boshlab yubordi, bu kampaniya davomida yoshlarni Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga bormaslik majburiyatini imzolashga majburlamoqda.

▪️ Isroilning  Haarezt gazetasi milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir va uning idorasi amaldorlari oktyabrʻ oyidan buyon fuqarolarga qurol olib yurishga 14 ming dona litsenziya berganini maʻʻlum qildi. Mamlakatda qurol ustidan nazorat izdan chiqqan.

Isroil armiyasi 202-parashyut-desant brigadasidan 20 yoshli Simon Shlomovning Gʻazo janubidagi janglarda oʻlganini bildirdi. Shunday qilib, eksklavga quruqlikdan hujum boshlanganidan buyon 236, 7 oktyabrdan buyon 574 ta Isroil harbiysining oʻlgani rasman tan olindi.

▪️ Xusiylar Yaman gʻarbidagi Moxa shahri qirgʻoqlaridagi Bab al-Manda boʻgʻozida Britaniya kemasiga hujum qildi. Kema shikastlangan.

▪️ Hizbulloh Evin Menaxem aholi punktida isroillik bosqinchilar guruhiga hujum qildi. Oʻlganlar va yaralanganlar bor.

▪️ HAMAS: Netanʻyaxuning milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvirning Ramazon oyida falastinliklarni Al-Aqso masjidiga kirishini taqiqlash taklifini qabul qilishi bosqinchi hukumatning diniy urushi davomi hisoblanadi.

▪️ Qitʻʻaning barcha davlatlarini oʻz ichiga olgan Afrika Ittifoqi sammitida Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish chaqirildi va bosqinchilar harakatlarini Falastin xalqining genotsidi deb baholadi.

Mavzuga aloqador