Bombalar ostidagi Gʻazo: 129‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 129 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil
tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 129 kun boʻldi. Oʻtgan 24 soat
davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar tafsiloti.
▪ Ishgʻolchilar Rafaksdagi
koʻchirilganlar lagerlarini ommaviy bombardimon qilishni boshladi. 100 dan ortiq
odam, jumladan, koʻp sonli bolalar halok boʻldi, yuzlab odamlar yaralandi.
Shuningdek, Dayr al-Balah va Gʻazo markaziga ham hujumlar uyushtirildi.
▪ 7
oktyabrdan buyon Isroilning Gʻazodagi hujumlari natijasida halok boʻlgan
falastinliklar soni 28 mingdan oshib, 28 176 nafarga, jarohatlanganlar esa 67
784 nafarga etdi.
▪ HAMAS: Gʻazo
janubidagi Rafax shahriga bosqinchilarning hujumi genotsid urushi va majburiy
koʻchirishga urinishlarning davomi hisoblanadi. AQSh maʻʻmuriyati va prezident Jo
Bayden shaxsan bu qirgʻin uchun ishgʻol hukumati oldida toʻliq javobgarlikni oʻz
zimmasiga oladi.
▪ Bosqinchilar
Gʻazo shahridagi Tal al-Hava va Al-Rimal hududlaridan olib chiqib ketilgandan soʻng
100 ga yaqin falastinliklarning
jasadlari topildi, ularning aksariyati snayper
oʻqlaridan halok boʻlgan.
▪ Isroil
matbuoti: Armiyamiz Xon Yunis janubi-sharqida puxta rejalashtirilgan
pistirmaga tushib qoldi. Oʻlganlar va yaradorlarni tashish uchun bir necha soat kerak
boʻldi. Baʻʻzi maʻʻlumotlarga koʻra, 11 nafargacha askar yoʻq qilingan.
▪ Isroil
armiyasi HAMAS tomonidan asirlikda saqlanayotgan ikki fuqarosi Fernando Simon
Marman (60 yosh) va Luis Xarr (70 yosh) Rafaxda armiya, ShABAK va maxsus politsiya
boʻlinmasi operatsiyasi davomida ozod qilinganini bildirdi.
▪ Isroil
Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti Ali al-Qoradogʻiyni bir
guruh olimlar bilan birga Rafax posti orqali Gʻazoga tashrif buyurish niyati borligi
haqidagi bayonoti uchun oʻldirish bilan tahdid qilmoqda.
▪ Misr ogʻir
texnikalarini Gʻazo chegarasiga olib boradi.
▪ Xusiylar Yaman qirgʻoqlaridan
40 dengiz mili uzoqlikda joylashgan ikkita kemaga hujum qildi. Kemalarning Marshall orollari bayrogʻi ostida
suzib yurgani maʻʻlum.